“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” II respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
ZAMONAVIY O‘ZBEK NASRIDA PSIXOLOGIZMNING NAZARIY VA BADIIY ASOSLARI
Renessans ta'lim universiteti
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek nasrida psixologizmning nazariy va badiiy asoslari, uning adabiy-estetik mohiyati, shakllanish va taraqqiyot xususiyatlari tahlil etiladi. Badiiy psixologizmning inson ruhiy olamini, ichki kechinmalarini, ruhiy ziddiyatlarini hamda ong va tafakkur jarayonlarini tasvirlashdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalari asarlari misolida psixologik tasvir vositalari, ichki monolog, ruhiy tahlil, xotira, tush, ramziy obrazlar va muallif nutqining badiiy imkoniyatlari tadqiq qilinadi. Maqolada psixologizmning milliy nasr taraqqiyotidagi ahamiyati, inson va jamiyat munosabatlarini yoritishdagi estetik vazifalari hamda zamonaviy badiiy tafakkur bilan bog‘liq jihatlari ilmiy-nazariy nuqtayi nazardan ochib beriladi.
Kalit so'zlar: zamonaviy o‘zbek nasri, psixologizm, badiiy psixologizm, ruhiy tahlil, ichki monolog, ruhiy kechinma, psixologik tasvir, xarakter, badiiy tafakkur, ong oqimi, obraz, konflikt.