“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” II respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Amudaryoning Kerki kesimidagi aprel–sentabr suv oqimi hajmining 2027-yil uçun ehtimoliy prognozi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Annotatsiya
Kerki gidropostidagi 2004 – 2025-yillar aprel-sentabr oylaridagi suv oqimi hajmi Google Earth Engine cloud-platformasi yordamida Markaziy Osiyo davlatlari uçun suv taqsimoti (MKVK), ERA5-Land va MODIS ma'lumotlari asosida örganildi va buning uçun 9 ta gidroiqlimiy omil qöllanildi. Unga köra suv oqimiga eng kuçli boğliqlikni 2000 m dan baland hududdagi qişki yoğin körsatdi (r = 0,87; p < 0,001). Tadqiqotda qişki yoğinga asoslangan bir omilli model yuqori natijani berdi va uning natijalari maqolada keltirildi. Uning başorat xatosi 4,2 km³ (R²cv = 0,68), 2017–2025 mustaqil davrida esa 3,2 km³ böldi. Hisobga köra 2027-yil Kerki kesimidagi aprel-sentabr suv oqimi hajmining medianasi 44,7 km³ (10–90%: 34,5–54,8 km³), normadan past böliş ehtimoli 64%ga teng.
Kalit so'zlar: Kerki, mavsumiy suv oqimi prognozi, qişki yoğin, ERA5-Land, LOOCV.