“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” II respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
KVADRATIK TAQQOSLAMALAR: TUB MODUL BO'YICHA 2-DARAJALI TAQQOSLAMANI SODDA KO'RINISHGA KELTIRISH VA YECHIMLAR SONINI ANIQLASH
Qo'qon davlat universiteti, Aniq fanlar va muhandislik fakulteti, Matematika kafedrasi 1-kurs magistranti
Annotatsiya
Maqolada p toq tub modul bo'yicha 2-darajali taqqoslamalar nazariyasining boshlang'ich bosqichi yoritilgan. Isbotlanishicha, p ∤ c₀ bo'lganda c₀x² + c₁x + c₂ ≡ 0 (mod p) taqqoslama to'la kvadratni ajratish yo'li bilan (x + c)² ≡ a (mod p) ko'rinishidagi ekvivalent taqqoslamaga, undan esa z² ≡ a (mod p) ko'rinishiga keltiriladi. p ∤ a bo'lganda bu taqqoslama yo ikkita yechimga ega bo'ladi, yo birorta ham yechimga ega bo'lmaydi; yechimlar soni a sonning o'ziga emas, uning p modul bo'yicha sinfiga bog'liq. Natijalar misollar bilan tasdiqlangan hamda ularning o'qitish jarayonida mantiqiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishdagi ahamiyati muhokama qilingan.
Kalit so'zlar: kvadratik taqqoslama, tub modul, to'la kvadrat, chegirmalar sinfi, kvadratik chegirma, yechimlar soni, mantiqiy fikrlash, matematika ta'limi.