“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” II respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
INSON VA SUN’IY INTELLEKT MULOQOTIDA SAVOL-JAVOB SHAKLLARINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI
FarDU, Chet tillari fakulteti, 1-kurs magistranti
Annotatsiya
Inson va sun’iy intellekt o‘rtasidagi muloqotda savolning grammatik shakli hamda kommunikativ maqsadi o‘rtasidagi munosabat alohida lingvistik tahlilni talab qiladi. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi inson - sun`iy intellekt o`rtasidagi savol-javob shakllarining grammatik va pragmatik xususiyatlarini qiyoslashdan iborat. Qiyosiy-deskriptiv, kontekstual va pragmatik tahlil asosida so‘roq konstruksiyalari, iltimos ifodalari va aniqlashtirish strategiyalari o‘rganildi. Natijalar ikki tilda umumiy kommunikativ vazifalar bilan birga grammatik va pragmatik farqlar ham mavjudligini aniqlashga imkon berdi.
Kalit so'zlar: sun’iy intellekt, inson–AI muloqoti, savol-javob, lingvopragmatika, kommunikativ strategiya, so‘roq gap, raqamli diskurs.