ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” II respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

O‘ZBEKISTON QURILISH MATERIALLARI SANOATINI RAQAMLASHTIRISH: HOLATI, MUAMMOLARI VA USTUVOR YO‘NALISHLARI

Qodirov, Sardorbek Isroiljon o‘g‘li

Qo‘qon universiteti “Raqamli texnologiyalar va matematika” kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

2026-11-21 · pp. 11–17 · DOI: 10.5281/zenodo.24423488 · UDK 620.9

Annotatsiya

Maqolada O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatining 2023–2026-yillardagi rivojlanish holati va tarmoqni raqamlashtirish jarayonlari tahlil qilingan. Milliy statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda tarmoq uyushmasi ma’lumotlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-dekabrdagi PQ-365-son qarori asosida ishlab chiqarish dinamikasi, sement quvvatlaridan foydalanish darajasi va raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari baholangan. Quvvatlar ortiqchaligi, ma’lumotlarning turli axborot tizimlarida tarqoqligi, korxonalar raqamli yetukligining notekisligi va kadrlar salohiyati asosiy muammolar sifatida ajratilgan. Texnologik jarayon, korxona boshqaruvi, tarmoq bozori va davlat tartibga solishi darajalarini qamrab oluvchi raqamlashtirish modeli hamda amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: qurilish materiallari sanoati, raqamlashtirish, Sanoat 4.0, sun’iy intellekt, sement, energiya samaradorligi, “Shaffof qurilish”, raqamli egizak.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi