“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” II respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA KASBIY TANLOVGA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIKNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI: NAZARIY YONDASHUVLAR SHARHI
O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Psixologiya kafedrasi, Psixologiya faoliyat turlari mutaxassisligi 2-bosqich magistratura talabasi
Annotatsiya
Mazkur maqolada yuqori sinf o‘quvchilarida kasbiy tanlovga psixologik tayyorgarlikning shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik determinantlar nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Rus klassik psixologiya maktabi vakillari L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontyev, E.A.Klimov, N.S.Pryajnikovning nazariy qarashlari, o‘zbek psixolog olimlari E.G‘. G‘oziyev, M.G.Davletshin, V.M.Karimova, Z.T.Nishonova va boshqa tadqiqotchilarning ilmiy yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, D.Super, J.Holland, A.Bandura, R.Lent, S.Brown, G.Hackett va M. avickas tomonidan ishlab chiqilgan jahon miqyosidagi kasbiy rivojlanish nazariyalari tahlil etiladi.
Kalit so'zlar: kasbiy tanlov, psixologik tayyorgarlik, kasbiy o‘zini o‘zi belgilash, kasbiy motivatsiya, ijtimoiy-psixologik determinantlar, yuqori sinf o‘quvchilari, kasbiy identifikatsiya, oilaviy muhit, kasbiy yo‘nalganlik, shaxsiy qobiliyatlar.