ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” II respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARINI 4K MODELI ASOSIDA TASHKIL ETISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Babaxonova, Dilfuza Rustamovna

OXU, Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) 1-bosqich magistranti

2026-11-21 · pp. 1–4 · DOI: 10.5281/zenodo.24423447 · UDK 373.3

Annotatsiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qish savodxonligi darslarining samaradorligini oshirishda 4K modeli (kommunikativlik, kollaboratsiya, kreativlik va tanqidiy fikrlash) imkoniyatlaridan foydalanish masalalari tadqiq etilgan. Zamonaviy boshlang‘ich ta’lim tizimida matnni shunchaki mexanik o‘qish yoki ma’lumotlarni eslab qolish amaliyotidan voz kechib, o‘quvchilarning mustaqil munosabat bildirish, tahlil qilish va ijodiy yondashish ko‘nikmalarini shakllantirish zarurati asoslab berilgan. Dars jarayonini o‘qishdan oldingi, o‘qish davomidagi va o‘qishdan keyingi bosqichlarda 4K ko‘nikmalari bilan uzviy bog‘lash metodikasi va baholash mezonlari batafsil yoritilgan.

Kalit so'zlar: o‘qish savodxonligi, 4K modeli, kommunikativlik, kollaboratsiya, kreativlik, tanqidiy fikrlash, boshlang‘ich ta’lim, metodik yondashuv.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi