ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

“YANGI AVLOD ILMIY TADQIQOTLARI” II respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

ISO 21001 STANDARTI ASOSIDA OLIY TA'LIMDA ICHKI SIFAT AUDITINING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

Xomidov, Lochinbek Xayotjon o‘g‘li

Osiyo Xalqaro Universiteti, magistratura 1-bosqich talabasi

2026-11-18 · pp. 1–6 · UDK 657

Annotatsiya

Maqolada oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifati menejmenti tizimining tarkibiy qismi sifatida ichki sifat auditining nazariy-metodologik asoslari tadqiq etilgan. ISO 21001:2018, ISO 19011:2018 standartlari hamda Yevropa oliy ta'lim hududida sifatni ta'minlash standartlari va tavsiyalari (ESG 2015) qiyosiy tahlil qilinib, ichki auditning yetti tamoyili umumlashtirilgan. Maqsadli, normativ, tashkiliy, mazmuniy, protsessual va natijaviy-refleksiv komponentlardan iborat ichki sifat auditining kontseptual tuzilmasi taklif etilgan, uni O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari amaliyotiga moslashtirish bo'yicha tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim sifati, sifat menejmenti tizimi, ichki audit, ISO 21001, ISO 19011, ESG, oliy ta'lim muassasasi, uzluksiz takomillashtirish.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi