YUNON-RUM KURASHIDA TEXNIK HARAKATLARNI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI
mustaqil izlanuvchi
Annotatsiya
Ushbu maqolada yunon-rum kurashida sportchilarning texnik harakatlarini takomillashtirishning nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Kurashchilarning texnik mahoratini rivojlantirishda harakatlarni bosqichma-bosqich o‘rgatish, texnik usullarni ko‘p marotaba takrorlash, raqib qarshiligi sharoitida bajarish, texnik-taktik kombinatsiyalarni shakllantirish hamda individual imkoniyatlarni hisobga olish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, texnik harakatlarni takomillashtirish jarayonini samarali tashkil etishga qaratilgan metodik model, mashg‘ulot vositalari va pedagogik nazorat mezonlari ishlab chiqilgan. Taklif etilayotgan yondashuv kurashchilarning texnik harakatlarni to‘g‘ri, barqaror va musobaqa sharoitiga mos ravishda bajarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Kalit so'zlar: yunon-rum kurashi, texnik tayyorgarlik, texnik harakatlar, texnik mahorat, texnik-taktik tayyorgarlik, kurash usullari, kombinatsion harakatlar, individual yondashuv, pedagogik nazorat, sport mashg‘uloti.