YOSH XOKKEYCHILARNING JISMONIY IMKONIYATLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA MAXSUS MASHQLARNI QO‘LLASH METODIKASI
Farg‘ona davlat universiteti, magistrant
Annotatsiya
Mazkur maqolada yosh chim ustida xokkeychilarning jismoniy tayyorgarligini maxsus mashqlar asosida takomillashtirish metodikasi ilmiy-uslubiy jihatdan yoritilgan. Chim ustida xokkeyning o‘ziga xos xususiyatlari, sportchilardan talab etiladigan tezkorlik, chaqqonlik, kuch, umumiy va maxsus chidamlilik, koordinatsiya hamda muvozanat sifatlarini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Yosh xokkeychilarning jismoniy imkoniyatlarini hisobga olgan holda to‘p bilan harakatlanish, qisqa masofaga tezlanish, yo‘nalishni o‘zgartirish, takroriy o‘yin harakatlarini bajarish va gavda barqarorligini ta’minlashga qaratilgan maxsus mashqlar tizimi ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: chim ustida xokkey, yosh xokkeychilar, jismoniy tayyorgarlik, maxsus jismoniy tayyorgarlik, maxsus mashqlar, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, koordinatsiya, muvozanat, to‘pni boshqarish, mashg‘ulot metodikasi, pedagogik tajriba, nazorat testlari.