ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari: Modernizatsiya va raqamlashtirish mexanizmlari

YOSH CHIM USTIDA XOKKEYCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIGINI MAXSUS MASHQLAR ORQALI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI

Murodova, Muxsinaxon Nazirjon qizi

Farg‘ona davlat universiteti, magistrant

2026-10-22 · pp. 481–486

Annotatsiya

Ushbu maqolada yosh chim ustida xokkeychilarning jismoniy tayyorgarligini maxsus mashqlar orqali takomillashtirish masalalari yoritilgan. Chim ustida xokkey sport turining o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, tezlanish, yo‘nalishni tez o‘zgartirish, muvozanatni saqlash, to‘pni boshqarish, texnik-taktik harakatlarni yuqori tezlikda bajarish hamda o‘yin davomida jismoniy ish qobiliyatini saqlab qolish talablari tahlil qilingan. Yosh sportchilarning jismoniy imkoniyatlarini hisobga olgan holda tezkorlik, chaqqonlik, umumiy va maxsus chidamlilik, kuch, koordinatsiya hamda harakatlar muvofiqligini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar tizimi taklif etilgan. Shuningdek, mashg‘ulot jarayonida individual yondashuv, yuklamalarni bosqichma-bosqich oshirish, pedagogik nazorat va mashqlar samaradorligini baholash tamoyillarining ahamiyati asoslangan. Taklif etilgan metodik tavsiyalar yosh xokkeychilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish va texnik harakatlarni samarali bajarishiga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan.

Kalit so'zlar: chim ustida xokkey, yosh sportchilar, jismoniy tayyorgarlik, maxsus mashqlar, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, koordinatsiya, muvozanat, texnik tayyorgarlik, sport mashg‘uloti, pedagogik nazorat.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi