ZAMONAVIY SHAXMATDA SUN'IY INTELLEKT VA KOMPYUTER TAHLILINING O‘RNI
Farg‘ona davlat universiteti, talaba
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy shaxmat sportida sun'iy intellekt (AI) texnologiyalari va kompyuter tahliliy dasturlarining shaxmat rivojida tutgan o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Shaxmatchilarning musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida neyrotarmoqlar shu bilan birga an'anaviy shaxmat dvigatellaridan foydalanish metodikasi tahlil qilingan. Tahlil davomida kompyuter tahlilining professional sportchilarning kognitiv yuklamasiga, debyutlar nazariyasining kengayishiga, kombinatsiyalar bilan ishlash qobiliyatini oshirish va o‘yin uslubining o‘zgarishiga ko‘rsatayotgan ijobiy hamda salbiy ta'sirlari o‘rganilgan. Yakunda zamonaviy shaxmat darslarida sun'iy intellekt dasturlaridan samarali foydalanish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: zamonaviy shaxmat, sun'iy intellekt, kompyuter tahlili, Stockfish, neyrotarmoqlar, debyut tayyorgarligi, AlphaZero.