BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK BOSQICHIDA KOMANDADAN OTUVCHILARNING MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Farg‘ona davlat universiteti, magistrant
Annotatsiya
Mazkur maqolada sportchilarning jismoniy rivojlanishi, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi, statik chidamliligi, muvozanatni saqlashi, harakatlar koordinatsiyasi hamda mushaklar faoliyatini boshqarish xususiyatlarining sport natijalariga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, sportchilarni dastlabki baholash, individual mashg‘ulot vazifalarini belgilash, jismoniy yuklamalarni bosqichma-bosqich oshirish va mashg‘ulotlar samaradorligini nazorat qilishga qaratilgan metodik yondashuvlar taklif etilgan.
Kalit so'zlar: o‘q otish sporti, komandadan otuvchilar, boshlang‘ich tayyorgarlik, individual imkoniyatlar, jismoniy tayyorgarlik, maxsus jismoniy tayyorgarlik, statik chidamlilik, muvozanat, koordinatsiya, jismoniy yuklama, sport mashg‘uloti, pedagogik nazorat.