YANGI O‘ZBEKISTONDA SPORTCHILARNI MUSOBAQALARGA SARALASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI
Osiyo xalqaro universiteti, magistr
Annotatsiya
Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonda sportchilarni musobaqalarga saralash mexanizmini takomillashtirishning nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Sport seleksiyasining samaradorligini oshirishda sportchilarning jismoniy, texnik-taktik, psixologik va funksional tayyorgarligini kompleks baholash, musobaqa natijalarining barqarorligini aniqlash hamda individual rivojlanish imkoniyatlarini hisobga olish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, sportchilarni saralash jarayonida zamonaviy pedagogik nazorat, raqamli monitoring, tibbiy- biologik kuzatuv va ko‘p bosqichli baholash tizimidan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Sport seleksiyasining shaffofligi, xolisligi va uzluksizligini ta’minlash orqali istiqbolli sportchilar zaxirasini shakllantirish hamda yuqori sport natijalariga erishish imkoniyatlarini kengaytirish yo‘llari asoslangan.
Kalit so'zlar: Yangi O‘zbekiston, sport seleksiyasi, sportchilarni saralash, musobaqa faoliyati, jismoniy tayyorgarlik, texnik-taktik mahorat, psixologik tayyorgarlik, individual yondashuv, pedagogik nazorat, raqamli monitoring, sport zaxirasi.