MUSOBAQAOLDI TEYPERING MODELLARINI DIFFERENSIAL TANLASHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI: XALQARO DALILLAR VA BOSHQARUV MEZONLARI
Farg‘ona davlat universiteti, professor
Annotatsiya
Musobaqaoldi tayyorgarlikda mashg‘ulot yuklamasini qachon va qay darajada kamaytirish sportchining asosiy startdagi natijasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada teyperingga oid xalqaro tadqiqotlar qiyoslanib, yuklama hajmi, shiddati va tiklanish o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilindi. Sport turining xususiyati, avvalgi mashg‘ulotlar ta’siri hamda sportchining joriy holatini hisobga olgan holda 7, 14 va 21 kunlik tayyorgarlik variantlarini tanlashga doir metodik yondashuv taklif qilinadi.
Kalit so'zlar: teypering, sport formasi, meta-tahlil, musobaqaoldi rejalashtirish, individual yuklama, differensial model.