YOSH SUZUVCHILARNING INDIVIDUAL IMKONIYATLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA MAXSUS MASHQLARDAN FOYDALANISH METODIKASI
Farg‘ona davlat universiteti, talaba
Annotatsiya
Mazkur maqolada yosh suzuvchilarning individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda maxsus mashqlardan foydalanish metodikasining nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Suzuvchilarning yosh xususiyatlari, jismoniy tayyorgarlik darajasi, harakat koordinatsiyasi, egiluvchanligi, kuch, tezkorlik va chidamlilik ko‘rsatkichlarini inobatga olish orqali mashg‘ulot jarayonini samarali tashkil etish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, suvdagi maxsus mashqlar, quruqlikda bajariladigan tayyorlov mashqlari va texnik ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlarni individual yondashuv asosida qo‘llash bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mashg‘ulotlarni tabaqalashtirish, yuklamalarni bosqichma-bosqich oshirish va pedagogik nazoratni yo‘lga qo‘yish yosh suzuvchilarning sport mahoratini rivojlantirishning muhim omillari sifatida asoslangan.
Kalit so'zlar: yosh suzuvchilar, individual imkoniyatlar, maxsus mashqlar, suzish texnikasi, jismoniy tayyorgarlik, harakat koordinatsiyasi, mashg‘ulot metodikasi, pedagogik nazorat, individual yondashuv.