ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari: Modernizatsiya va raqamlashtirish mexanizmlari

JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA O‘QUVCHILAR FAOLLIGINI OSHIRISH METODIKASI

Ibroximova, Gulxumor

Farg‘ona davlat universiteti

2026-10-22 · pp. 416–420

Annotatsiya

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish, o‘quvchilarning dars jarayonidagi harakat faolligi va ta’limiy faolligini oshirish metodikasi yoritilgan. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish, harakatli o‘yinlar, musobaqa usuli, tabaqalashtirilgan topshiriqlar, rag‘batlantirish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, darsning tayyorlov, asosiy va yakunlov qismlarida o‘quvchilar faolligini boshqarish, jismoniy mashqlarni me’yorlash va pedagogik nazoratni amalga oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. O‘quvchilarning darsdagi faol ishtirokini ta’minlash jismoniy sifatlarni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarziga qiziqishni shakllantirish va ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omili sifatida asoslangan.

Kalit so'zlar: jismoniy tarbiya, o‘quvchilar faolligi, harakat faolligi, jismoniy mashqlar, harakatli o‘yinlar, motivatsiya, individual yondashuv, tabaqalashtirilgan ta’lim, pedagogik texnologiya, jismoniy rivojlanish.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi