VOLEYBOLDA LIBERO O‘YINCHILARNI TAYYORLASHDA MAXSUS MASHQLARDAN FOYDALANISH METODIKASI
Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi
Annotatsiya
Mazkur maqolada voleybol sport turida libero o‘yinchilarni tayyorlash jarayonida maxsus jismoniy va texnik mashqlardan foydalanish metodikasining nazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Libero o‘yinchisining musobaqa faoliyatida to‘pni qabul qilish, himoyaviy harakatlarni bajarish, maydonda tezkor siljish, vaziyatni oldindan baholash va sheriklari bilan samarali hamkorlik qilish qobiliyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli mashg‘ulotlarni tashkil etishda o‘yinchining individual xususiyatlari, jismoniy tayyorgarlik darajasi, harakat reaksiyasi va texnik mahoratini hisobga olish zarur. Maqolada libero o‘yinchilar uchun mo‘ljallangan maxsus mashqlar tasnifi, ularni mashg‘ulot jarayoniga bosqichma-bosqich kiritish, mashqlar yuklamasini boshqarish hamda texnik harakatlar samaradorligini baholashga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: voleybol, libero, maxsus mashqlar, texnik tayyorgarlik, jismoniy tayyorgarlik, to‘pni qabul qilish, himoya, harakat reaksiyasi, tezkorlik, koordinatsiya, mashg‘ulot metodikasi.