ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari: Modernizatsiya va raqamlashtirish mexanizmlari

VOLEYBOLDA LIBERO O‘YINCHINING INDIVIDUAL IMKONIYATLARINI OSHIRISH METODIKASI

Ismoilova, X.

Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi

2026-10-22 · pp. 396–401

Annotatsiya

Mazkur maqolada voleybol sport turida libero o‘yinchining individual imkoniyatlarini rivojlantirish va uning texnik-taktik mahoratini takomillashtirish metodikasi yoritilgan. Libero o‘yinchisining musobaqa faoliyatida to‘pni qabul qilish aniqligi, himoyaviy harakatlarni bajarish tezligi, harakat reaksiyasi, koordinatsion qobiliyatlari, maydondagi vaziyatni oldindan baholash va jamoa bilan hamkorlik qilish ko‘nikmalari muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu qobiliyatlarni rivojlantirishda sportchining individual xususiyatlarini hisobga olish, maxsus mashqlarni maqsadli tanlash, mashg‘ulot yuklamalarini oqilona rejalashtirish va natijalarni muntazam nazorat qilish zarur. Maqolada libero o‘yinchilarining individual imkoniyatlarini baholash mezonlari, maxsus mashqlarni qo‘llash usullari hamda mashg‘ulot jarayonini takomillashtirishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: voleybol, libero, individual imkoniyatlar, texnik tayyorgarlik, taktik mahorat, himoyaviy harakatlar, tezkorlik, koordinatsiya, harakat reaksiyasi, maxsus mashqlar, sport mashg‘uloti.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi