ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari: Modernizatsiya va raqamlashtirish mexanizmlari

13-14 YOSHLI QIZLARNING JISMONIY RIVOJLANISHINI ANTROPOMETRIK KO’RSATKICHLAR ASOSIDA BAHOLASH: ESTETIK VA PEDAGOGIK JIHATLAR

Shaxbazova, Gulrux Orifjon qizi; Abdullayeva, Maxbubaxon

Farg‘ona davlat universiteti, katta o‘qituvchi
Farg‘ona davlat universiteti, magistrant

2026-10-22 · pp. 350–353

Annotatsiya

Ushbu maqolada 13–14 yoshli qizlarning jismoniy rivojlanishini antropometrik ko‘rsatkichlar asosida baholashning ilmiy-nazariy, estetik va pedagogik jihatlari tahlil qilingan. O‘smirlik davrida organizmning o‘sishi va rivojlanishiga xos fiziologik o‘zgarishlar, tana uzunligi, tana vazni, tana massasi indeksi hamda tana proporsiyalarining jismoniy rivojlanishni baholashdagi ahamiyati ilmiy adabiyotlar asosida yoritilgan. Antropometrik ko‘rsatkichlarni yoshga va jinsga mos me’yorlar asosida baholash, individual rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish hamda olingan natijalardan jismoniy tarbiya jarayonida foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, qizlarning sog‘lom qad-qomatini shakllantirish, harakat madaniyatini rivojlantirish va o‘z tanasiga ijobiy munosabatini tarbiyalashda estetik hamda pedagogik yondashuvlarning o‘rni asoslangan. Ilmiy manbalar tahlili asosida antropometrik baholash natijalaridan o‘quvchilarning individual xususiyatlariga mos jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etishda foydalanish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: antropometrik ko‘rsatkichlar, jismoniy rivojlanish, o‘smir qizlar, tana massasi indeksi, estetik tarbiya, pedagogik yondashuv, jismoniy tarbiya, qad-qomat.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi