IMKONIYATI CHEKLANGAN SPORTCHILARNI PARA TEXNIK SPORT TURLARIGA TAYYORLASH METODIKASI
Farg‘ona davlat universiteti, professor
Farg‘ona davlat universiteti, talaba
Annotatsiya
Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan sportchilarni para texnik sport turlariga tayyorlashning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Para texnik sport turlari o‘ziga xos harakat texnikasi, maxsus jihozlar va individual yondashuvni talab qiluvchi sport yo‘nalishlari sifatida adaptiv jismoniy tarbiya tizimida alohida o‘rin tutadi. Maqolada tayyorlash jarayonining asosiy bosqichlari, sport tasnifi (klassifikatsiya) tamoyillari, nozologik xususiyatlar va O‘zbekiston sharoitida para sportni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, imkoniyati cheklangan sportchilarni texnik sport turlariga tayyorlashda individual yondashuv, ko‘p yillik rejalashtirish va tibbiy-psixologik hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar: imkoniyati cheklangan sportchilar, para texnik sport turlari, adaptiv jismoniy tarbiya, sport klassifikatsiyasi, nozologiya, tayyorlash metodikasi, ko‘p yillik tayyorgarlik.