PARA SPORTCHILARNING JISMONIY IMKONIYATLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA MASHG‘ULOTLARNI REJALASHTIRISH USULLARI
Farg‘ona davlat universiteti, professor
Farg‘ona davlat universiteti, talaba
Annotatsiya
Ushbu maqolada para sportchilarning jismoniy imkoniyatlarini hisobga olgan holda mashg‘ulot jarayonini rejalashtirishning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Paralimpiya sportida sportchilarni turli funksional toifalarga ajratish tizimi (klassifikatsiya) mashg‘ulotlarni rejalashtirishning asosiy omili sifatida tahlil qilinadi. Shuningdek, mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirishning asosiy tamoyillari progressivlik, mutanosiblik, individuallashtirish, tizimlilik va tiklanish - para sportchilarning o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirilgan holda bayon qilinadi. Maqolada haftalik mashg‘ulot siklining namunaviy modeli keltirilgan bo‘lib, unda kuch, plyometrika, texnika va tiklanish mashqlarining uyg‘unlashtirilgan holda rejalashtirilishi ko‘rsatilgan. Para sportchilar bilan ishlashda individual yondashuv, doimiy monitoring va fan yutuqlariga tayanishning ahamiyati ta’kidlangan.
Kalit so'zlar: para sport, paralimpiya sporti, mashg‘ulot rejalashtirish, funksional klassifikatsiya, individual yondashuv, mashg‘ulot yuklamasi, davriylashtirish, tiklanish.