ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari: Modernizatsiya va raqamlashtirish mexanizmlari

ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN MAKTAB O‘QUVCHILARINI PARA YENGIL ATLETIKAGA JALB ETISHNING TASHKILIY-PEDAGOGIK MEXANIZMLARI

Babayev, Komiljon Qodirjonovich

Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi

2026-10-22 · pp. 313–317

Annotatsiya

Ushbu maqolada tayanch-harakat tizimi (THT) nuqsoni bo‘lgan maktab o‘quvchilarini parayengil atletika bilan shug‘ullanishga jalb qilishning metodologik jihatlari o‘rganiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ushbu o‘quvchilarning jismoniy va psixologik imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ularga moslashtirilgan mashg‘ulot dasturlari va uslubiyatini ishlab chiqishdan iborat. Maqolada parayengil atletikaning reabilitatsion, ijtimoiy-madaniy va psixologik ahamiyati tahsil qilinadi, shuningdek, murabbiylar, ota-onalar va psixologlar o‘rtasidagi hamkorlikning samaradorligi ko‘rsatib beriladi. Natijada, taklif etilayotgan metodologik yondashuvlar bolalarning jismoniy salomatligini oshirish, ularning ijtimoiy moslashuvini yaxshilash va sport yutuqlariga erishishlariga yo‘l ochadi.

Kalit so'zlar: tayanch-harakat tizimi nuqsoni, parayengil atletika, maktab o‘quvchilari, metodologik asoslar, moslashtirilgan jismoniy tarbiya, reabilitatsiya, inklyuziv sport.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi