ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari: Modernizatsiya va raqamlashtirish mexanizmlari

ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN O‘QUVCHILAR BILAN JISMONIY TARBIYA MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHNING DOLZARB MASALALARI

Boymirzayeva, M.I.

Farg‘ona davlat universiteti

2026-10-22 · pp. 306–308

Annotatsiya

Mazkur maqolada eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etishning zamonaviy va dolzarb masalalari yoritilgan. Eshitish qobiliyatining buzilishi o‘quvchilarning nafaqat muloqot jarayoniga, balki harakat faoliyati, fazoviy mo‘ljal olish, muvozanatni saqlash, koordinatsion qobiliyatlar va jismoniy tayyorgarlik darajasiga ham o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli mazkur toifadagi bolalar bilan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini umumiy pedagogik yondashuvlar asosida emas, balki ularning individual psixofiziologik va motor imkoniyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish muhim hisoblanadi. Maqolada vizual, kinestetik va amaliy o‘qitish vositalaridan foydalanish, mashqlarni bosqichma-bosqich o‘rgatish, xavfsizlikni ta’minlash hamda jismoniy yuklamani individuallashtirishning pedagogik ahamiyati asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar, jismoniy tarbiya, adaptiv jismoniy tarbiya, boshlang‘ich ta’lim, harakat faolligi, jismoniy tayyorgarlik, koordinatsiya, muvozanat, vizual metod, individuallashtirish.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi