PARA TAEKVONDODA K43 KLASSI UCHUN YANGICHA METODIKALARNING AHAMIYATI
Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi
Annotatsiya
ushbu maqolada para taekvondo sportining K43 klassi sportchilari uchun yangi trening metodikalarining ahamiyati tahlil qilinadi. K43 klassi ikkala qo‘lning bilakdan pastki qismida amputatsiya yoki ekvivalent funktsional cheklovga ega sportchilarni o‘z ichiga oladi. An’anaviy taekvondo metodikalari ushbu klass sportchilarining o‘ziga xos harakat imkoniyatlariga to‘liq mos kelmaydi. Yangi metodikalar muvozanatni saqlash, tezkor hujum va himoya texnikalarini rivojlantirish, psixologik tayyorgarlik hamda individual yondashuvni ta’minlashga qaratilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, maxsus ishlab chiqilgan metodikalar sportchilarning texnik-taktik mahoratini, jismoniy tayyorgarligini va musobaqa natijalarini sezilarli darajada oshiradi.
Kalit so'zlar: para taekvondo, K43 klassi, yangi metodikalar, jismoniy tayyorgarlik, texnik-taktik tayyorgarlik, adaptiv trening, paralimpiya sporti.