O‘SMIRLIK DAVRI INQIROZLARI VA JISMONIY IMKONIYATI CHEKLANGAN O‘SMIRLARDA PSIXOLOGIK AVTONOMIYA (MUSTAQILLIK) MUAMMOSI.
Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘smirlik davriga xos bo‘lgan psixologik inqirozlar va ularning jismoniy imkoniyati cheklangan (JICH) o‘smirlar hayotidagi o‘ziga xos namoyon bo‘lish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda JICH o‘smirlarda psixologik avtonomiya (mustaqillik) shakllanishining to‘siqlari, oilaviy munosabatlarning ta’siri (giperopeka) va ijtimoiy muhit adaptatsiyasi masalalari yoritilgan. Shuningdek, ushbu guruhdagi o‘smirlarning mustaqil shaxs sifatida shakllanishiga ko‘maklashuvchi psixokorreksion tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: o‘smirlik inqirozi, jismoniy imkoniyati cheklangan o‘smirlar, psixologik avtonomiya, mustaqillik, giperopeka, shaxsiy identifikatsiya, ijtimoiy adaptatsiya.