ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari: Modernizatsiya va raqamlashtirish mexanizmlari

TAYANCH-HARAKAT TIZIMI NUQSONI BOR O‘QUVCHI YOSHLARDA PARAYENGIL ATLETIKA MASHG‘ULOTLARI JARAYONIDA MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIKNI BAHOLASH KRITERIYALARI

Boqiyev, Fazliddin Xabibjon o‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi

2026-10-22 · pp. 286–289

Annotatsiya

Maqolada tayanch-harakat tizimi nuqsoni bor o‘quvchi yoshlarda parayengil atletika mashg‘ulotlari jarayonida maxsus jismoniy tayyorgarlikni baholash mezonlari o‘rganilgan. Tadqiqotning dolzarbligi nogironligi bo‘lgan yoshlarni adaptiv sportga jalb etish, ularning sportga xos jismoniy sifatlarini ob’ektiv baholash va individual yondashuv asosida maxsus tayyorgarlikni rivojlantirish zarurati bilan belgilanadi. Ishda parayengil atletika turlariga (yugurish, sakrash, uloqtirish) moslashtirilgan maxsus testlar tizimi ishlab chiqilib, tezlik-kuch, maxsus chidamlilik, portlovchi kuch va harakat aniqligi kabi sifatlarini baholash kriteriyalari asoslab berilgan. Olingan natijalar parayengil atletika mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishga, o‘quvchi yoshlarning maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini aniq monitoring qilishga va individual sport dasturlarini tuzishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari maxsus jismoniy tarbiya, adaptiv sport va parayengil atletika amaliyotida qo‘llanilishi mumkin.

Kalit so'zlar: parayengil atletika, tayanch-harakat tizimi nuqsoni, o‘quvchi yoshlar, maxsus jismoniy tayyorgarlik, baholash mezonlari, adaptiv sport, maxsus testlar.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi