SUZISH SPORTINING INSON SALOMATLIGI VA JISMONIY RIVOJLANISHDAGI AHAMIYATI
Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi
Annotatsiya
Suzishning inson salomatligini mustahkamlash, jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Suzishning chidamlilik, kuch, tezkorlik, egiluvchanlik va harakat koordinatsiyasi kabi asosiy jismoniy sifatlarni rivojlantirishga ta’siri ochib berilgan. Shuningdek, suzishga o‘rgatishning asosiy bosqichlari, mashg‘ulotlarni tashkil etish va rejalashtirish tamoyillari hamda suv muhitida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish masalalari ko‘rib chiqilgan. Yoshlarni jismoniy tarbiyalashda suzishning ahamiyati va organizmning funksional imkoniyatlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Maqola yakunida suzish bilan muntazam shug‘ullanish salomatlikni mustahkamlash, jismoniy ish qobiliyatini oshirish va sog‘lom turmush tarziga oid barqaror ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam berish
Kalit so'zlar: suzish, jismoniy tarbiya, sport, sog‘lom turmush tarzi, jismoniy rivojlanish, chidamlilik, nafas olish, suzishga o‘rgatish, xavfsizlik.