13-14 YOSHLI SINXRON SUZUVCHI QIZLARNING KUCH SIFATLARINI UMUMIY JISMONIY TAYYORGARLIK VOSITALARI ORQALI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI
Farg‘ona davlat universiteti, magistrant
Annotatsiya
Tadqiqotda 13-14 yoshli sinxron suzuvchi qizlarning kuch sifatlarini rivojlantirishda umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlaridan foydalanish samaradorligi baholandi. 30 nafar sportchi tajriba va nazorat guruhlariga (har birida 15 nafardan) ajratildi. Sakkiz haftalik pedagogik tajriba yakunida tajriba guruhida panja kuchi, vertikal sakrash, gavda mushaklari chidamliligi va body boost elementini bajarish sifatining o‘sishi nazorat guruhiga nisbatan yuqori bo‘ldi (p < 0,001).
Kalit so'zlar: sinxron suzish, kuch sifatlari, umumiy jismoniy tayyorgarlik, yosh sportchilar, pedagogik tajriba, tezkor-kuch.