UMUMTA’LIM MAKTABI O‘QUVCHILARIDA TEZKORLIK JISMONIY SIFATINI YENGIL ATLETIKA MASHQLARI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Farg‘ona davlat universiteti, magistratura bo‘limi boshlig‘i
Farg‘ona davlat universiteti, magistrant
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada umumta’lim maktablarining 6–7-sinf o‘quvchilari bilan yengil atletika mashg‘ulotlari asosida tezkorlik jismoniy sifatini rivojlantirishning samarali metodikasi ishlab chiqilgan. Tadqiqot jarayonida eksperimental guruh bilan 10 haftalik mashg‘ulotlar tizimi yo‘lga qo‘yilib, o‘quvchilarning yugurish tezligi, harakatga javob reaksiya vaqti hamda yo‘nalishni tez almashtirish qobiliyati kabi ko‘rsatkichlari nazorat qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, yengil atletika elementlariga asoslangan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning tezkorlik ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilagan. Maqolada yoshga mos yuklama, o‘yin va topshiriqlarga tayangan mashg‘ulotlar tizimi asoslab berilgan hamda jismoniy tarbiya darslarining samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan.
Kalit so'zlar: yengil atletika, tezkorlik, jismoniy sifat, metodika, 6–7-sinf, umumta’lim maktabi, jismoniy tarbiya, eksperimental mashg‘ulot, harakat reaksiyasi, yugurish