VOLEYBOLCHI TALABA QIZLARNING O‘YIN AMPLUASIGA MOS MAXSUS CHIDAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-METODIK ASOSLARI
Farg‘ona davlat universiteti, dotsent
Farg‘ona davlat universiteti, magistrant
Annotatsiya
Maqolaning maqsadi voleybolchi talaba qizlarning maxsus chidamkorligini o‘yin ampluasiga mos rivojlantirishning nazariy asoslarini yoritish va oliy ta’lim muassasalari jamoalari uchun metodik model taklif etishdan iborat. Tadqiqot adabiyotlar tahlili hamda metodik modellashtirish asosida bajarildi. Ayollar voleybolida pozitsion yuklama, intervalli tayyorgarlik, pliometrik mashqlar va mashg‘ulot oldi holatini o‘rgangan to‘rtta birlamchi tadqiqot tahlil qilindi. Tahlil amplualar o‘rtasida sakrash hajmi va shiddati farqlanishini, yuklamaga javob esa individual holat bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi.
Kalit so'zlar: voleybol, talaba qizlar, o‘yin ampluasi, maxsus chidamkorlik, takroriy sakrash, intervalli mashg‘ulot, texnik aniqlik, yuklama monitoringi.