ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari: Modernizatsiya va raqamlashtirish mexanizmlari

SPORTCHILARDA STRESSGA CHIDAMLILIKNI OSHIRISHDA BIOFEEDBACK TEXNOLOGIYASINING SAMARADORLIGI

G‘ofurov, A.U.

Farg‘ona davlat universiteti, professor

2026-10-22 · pp. 190–193

Annotatsiya

Ushbu maqolada kurashchilarda stressga chidamlilikni oshirishda biofeedback texnologiyasining samaradorligi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — biofeedback mashg‘ulotlari yordamida sportchilarning stress holatini boshqarish, ruhiy barqarorlik va psixologik chidamlilik darajasini oshirish imkoniyatlarini aniqlashdir. Tadqiqotda 20 nafar 18–25 yoshli kurashchi ishtirok etib, ular eksperimental va nazorat guruhlariga bo‘lindi. Eksperimental guruh 6 hafta davomida HRV-biofeedback mashg‘ulotlarini bajarib bordi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, biofeedback mashg‘ulotlari sportchilarda yurak urish variabelligini barqarorlashtirdi, tashvish darajasini kamaytirdi va psixologik chidamlilikni sezilarli darajada oshirdi. Olingan ma’lumotlar biofeedback texnologiyasi kurashchilar psixologik tayyorgarligini rivojlantirishda samarali vosita ekanligini tasdiqlaydi.

Kalit so'zlar: biofeedback, stressga chidamlilik, kurashchilar, psixologik tayyorgarlik, sport psixologiyasi, HRV, ruhiy barqarorlik, motivatsiya, diqqatni boshqarish, sport texnologiyalari.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi