JISMONIY MADANIYATNI MODERNIZATSIYA QILISH ORQALI TALABALARDA VATANPARVARLIK VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH
Farg‘ona davlat universiteti, dotsent
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida jismoniy madaniyatni zamonaviylashtirish orqali talabalarning sog‘lom hayot kechirish ko‘nikmalari va vatanparvarlik qarashlarini rivojlantirish masalalari yoritiladi. Jismoniy mashg‘ulotlarni zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion usullar va talabalarning individual imkoniyatlari asosida tashkil etishning tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, jismoniy faollikni talabaning kundalik hayot tarziga singdirish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish bo‘yicha fikrlar ilgari suriladi.
Kalit so'zlar: jismoniy madaniyat, modernizatsiya, talaba, sog‘lom turmush 177 arsi, vatanparvarlik, sport, innovatsion ta’lim, jismoniy faollik.