ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari: Modernizatsiya va raqamlashtirish mexanizmlari

ATLETIK GIMNASTIKA VOSITALARIDAN FOYDALANIB KUN DAVOMIDA JISMONIY FAOLLIKNI OSHIRISH

Abduraimov, Diyorbek Tavakkalovich

Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi

2026-10-22 · pp. 171–175

Annotatsiya

Ushbu maqolada atletik gimnastika mashqlarining inson organizmi faoliyatini yaxshilash, uzoq vaqt davomida o‘tirib ishlash natijasida yuzaga keladigan mushak tarangligi va charchoqni kamaytirish hamda kun davomida jismoniy faollikni oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, kichik amplitudali harakatlar, nafas olishni nazorat qilish, mashqlarni muntazam bajarish va harakatlarni og‘riqsiz amalga oshirish kabi asosiy qoidalar tahlil qilingan. Bosh, bo‘yin, yelka, qo‘l, bilak, umurtqa pog‘onasi, bel va oyoq mushaklari uchun bajariladigan sodda mashqlar majmuasi hamda ularning amaliy ahamiyati bayon etilgan. Mazkur mashqlarni ish joyida, o‘quv jarayonida, uy sharoitida va boshqa qulay sharoitlarda qisqa vaqt davomida bajarish mumkin.

Kalit so'zlar: atletik gimnastika, jismoniy faollik, kichik gimnastika, jismoniy mashqlar, mushak tarangligi, umurtqa pog‘onasi, nafas olish, sog‘lom turmush tarzi, harakat faolligi, charchoq.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi