JAMOAVIY SPORT TURLARIDA NORASMIY LIDERLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ULARNING JAMOA HAMJIHATLIGIGA TA’SIRI
Farg‘ona davlat universiteti, katta o‘qituvchi
Farg‘ona davlat universiteti, registrator bo‘limi menejeri
Annotatsiya
Mazkur maqolada jamoaviy sport turlarida norasmiy liderlarning psixologik xususiyatlari, ularning jamoa ichidagi ijtimoiy munosabatlar, sportchilarning motivatsiyasi va jamoaviy hamjihatlikni shakllantirishdagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Norasmiy liderlikning yuzaga kelishida shaxslararo ishonch, muloqot qobiliyati, emotsional barqarorlik, sport mahorati, ijtimoiy maqom va mas’uliyat hissining ahamiyatiga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, norasmiy liderlarning konstruktiv va destruktiv ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari, ularning jamoa psixologik iqlimi hamda umumiy maqsadlar sari birgalikda harakat qilishga ta’siri yoritiladi. Ilmiy manbalar tahlili asosida murabbiylar va sport psixologlari uchun norasmiy liderlik salohiyatini aniqlash, ijobiy liderlik xulq-atvorini rivojlantirish va jamoada sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishning nazariy asoslari bayon etiladi.
Kalit so'zlar: norasmiy lider, jamoaviy sport, sport psixologiyasi, liderlik xususiyatlari, emotsional barqarorlik, shaxslararo munosabatlar, jamoaviy hamjihatlik, motivatsiya, psixologik iqlim, sportchi-lider.