OLIY TA’LIM TIZIMIDA JISMONIY MADANIYAT VA SPORTNING TALABALAR JISMONIY, MA’NAVIY VA UYG‘UN RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI
Farg‘ona davlat universiteti, katta o‘qituvchi
Farg‘ona davlat universiteti, registrator bo‘limi menejeri
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida jismoniy madaniyat va sportning talaba-yoshlar jismoniy, ma’naviy-axloqiy hamda ijtimoiy rivojlanishidagi ahamiyati ilmiy- nazariy jihatdan tahlil qilingan. Jismoniy faollikning salomatlikni mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirish va ruhiy farovonlikni qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni xalqaro ilmiy tadqiqotlar hamda tavsiyalar asosida yoritilgan. Shuningdek, sport faoliyatining talabalarda intizom, mas’uliyat, iroda, hamkorlik, o‘zaro hurmat va ijtimoiy faollik kabi sifatlarni shakllantirishdagi pedagogik imkoniyatlari ochib berilgan. Jismoniy va ma’naviy rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi asosida oliy ta’lim muassasalarida garmonik tarbiyani tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari umumlashtirilgan. Tadqiqot natijalaridan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini takomillashtirish, talabalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va shaxsning har tomonlama rivojlanishiga yo‘naltirilgan pedagogik yondashuvlarni ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Kalit so'zlar: oliy ta’lim, jismoniy madaniyat, sport, talaba-yoshlar, jismoniy rivojlanish, ma’naviy-axloqiy tarbiya, sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faollik, ijtimoiy faollik, garmonik tarbiya, shaxs kamoloti