ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari: Modernizatsiya va raqamlashtirish mexanizmlari

BADMINTONCHILARNING MUSOBAQAOLDI TAYYORGARLIGIDA MIKROTSIKLLARNI TASHKIL ETISHNING USLUBIY XUSUSIYATLARI

Abdiolimova, Iqbolaxon Xasanboy qizi

Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi

2026-10-22 · pp. 159–162

Annotatsiya

Ushbu maqolada badmintonchilarning musobaqaoldi tayyorgarligi jarayonida mikrotsikllarni tashkil etishning nazariy va uslubiy xususiyatlari yoritilgan. Musobaqa oldidan sportchilarning jismoniy, texnik, taktik va psixologik tayyorgarligini takomillashtirish, mashg‘ulot yuklamalarini maqsadga muvofiq taqsimlash hamda tiklanish jarayonlarini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, musobaqaoldi davrida haftalik mashg‘ulot sikllarini rejalashtirish, yuklamalar hajmi va shiddatini boshqarish, tezkorlik, chaqqonlik, harakatlar koordinatsiyasi hamda zarba berish aniqligini rivojlantirish usullari tahlil qilingan. Maqolada badmintonchilarning individual xususiyatlari, musobaqa taqvimi va kutilayotgan raqiblarning o‘yin uslubini hisobga olgan holda mikrotsikllarni tashkil etish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Taklif etilgan yondashuvlar sportchilarning musobaqaga optimal tayyorgarlik holatida yetib borishi va sport natijalarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: Badminton, musobaqaoldi tayyorgarligi, mikrotsikl, mashg‘ulot jarayoni, jismoniy tayyorgarlik, texnik tayyorgarlik, taktik tayyorgarlik, psixologik tayyorgarlik, mashg‘ulot yuklamasi, tiklanish, tezkorlik, chaqqonlik, koordinatsiya, sport natijasi.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi