GANDBOL MASHG‘ULOTLARI JARAYONIDA YOSHLARNING JISMONIY TAYYORGARLIGI VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH DINAMIKASI
Farg‘ona davlat universiteti, katta o‘qituvchi
Annotatsiya
Ushbu maqolada gandbol mashg‘ulotlarining yoshlar jismoniy tayyorgarligi hamda ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ko‘rsatadigan ta’siri va rivojlanish dinamikasi tahlil qilingan. Pedagogik tajriba davomida gandbol bilan muntazam shug‘ullanuvchi yoshlarning chidamlilik, tezkorlik, kuch va koordinatsiya ko‘rsatkichlarida ijobiy siljishlar aniqlandi. Shuningdek, mashg‘ulotlar jarayonida sportchilarning kun tartibiga rioya qilishi, jismoniy faollik madaniyati va zararli odatlardan holi bo‘lish ko‘nikmalari baholandi. Olingan natijalar gandbol sport turi yoshlar o‘rtasida salomatlikni mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatdi.
Kalit so'zlar: gandbol, jismoniy tayyorgarlik, sog‘lom turmush tarzi, dinamika, pedogogik tajriba, chidamlilik, motorika, jismoniy sifatlar.