KURASHCHILARDA MUVOZANATNI SAQLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI VA TAKOMILLASHTIRISH USULLARI
Farg‘ona davlat universiteti, professor
Annotatsiya
Ushbu maqolada kurashchilarda muvozanatni saqlash qobiliyatining nazariy va fiziologik asoslari, uning sport natijalariga ta’siri hamda muvozanatni rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulot usullari tahlil qilinadi. Kurash sportida raqibning harakatlariga tezkor javob berish, turli holatlarda tana barqarorligini saqlash, tashlash va qarshi usullarni bajarish jarayonida muvozanat muhim ahamiyatga ega. Maqolada statik va dinamik muvozanat tushunchalari, proprioseptiv sezgi, vestibulyar apparat va nerv-mushak boshqaruvining o‘zaro bog‘liqligi yoritilgan. Shuningdek, muvozanatni baholash usullari hamda mashg‘ulot jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan maxsus mashqlar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ilmiy adabiyotlar tahlili muvozanat mashqlarini sportchilarning individual xususiyatlari va kurash faoliyatining o‘ziga xos talablariga moslashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: kurash, muvozanat, statik muvozanat, dinamik muvozanat, proprioseptsiya, vestibulyar apparat, koordinatsiya, nerv-mushak boshqaruvi, jismoniy tayyorgarlik.