YOSH FUTBOLCHILARNING TAYYORGARLIK DAVRIDA ISH QOBILIYATINI OSHIRISH UCHUN MAXSUS CHIDAMKORLIK MASHQLARINI QO‘LLASH USLUBIYATI
Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi
Farg‘ona davlat universiteti, talaba
Annotatsiya
Ushbu tezisda yosh futbolchilarning tayyorgarlik davrida ish qobiliyatini oshirishda maxsus chidamkorlik mashqlaridan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Futbol faoliyatiga xos takroriy yuqori intensiv harakatlar, tezlanish, yo‘nalishni o‘zgartirish, to‘p bilan bajariladigan mashqlar va qisqa tiklanish oralig‘idagi ishlarni rejalashtirish tamoyillari ko‘rib chiqilgan. Maxsus chidamkorlikni rivojlantirishda interval, takroriy, o‘zgaruvchan va kichik tarkibli o‘yin mashqlaridan oqilona foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: yosh futbolchilar, tayyorgarlik davri, maxsus chidamkorlik, ish qobiliyati, interval mashq, takroriy yugurish, kichik tarkibli o‘yinlar, yuklama, tiklanish, yurak urish tezligi.