YOSH FUTBOLCHILARNING TAYYORGARLIK DAVRIDA ISH QOBILIYATINI OSHIRISH UCHUN TEZKOR-KUCH MASHQLARINI QO‘LLASH USLUBIYATI
Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi
Annotatsiya
Ushbu tezisda yosh futbolchilarning tayyorgarlik davrida ish qobiliyatini oshirishga yo‘naltirilgan tezkor-kuch mashqlarini qo‘llashning metodik asoslari yoritilgan. Futbolchining qisqa vaqt ichida tezlanishi, sakrashi, yo‘nalishni o‘zgartirishi, kurashdan keyin harakatni davom ettirishi va yuqori sur’atni takroran saqlab qolishi tezkor-kuch tayyorgarligi bilan bevosita bog‘liq. Mashqlarni yosh, biologik yetilish darajasi, texnik tayyorgarlik va tiklanish imkoniyatlarini hisobga olgan holda rejalashtirish tamoyillari, yuklamani bosqichma-bosqich oshirish yo‘llari hamda nazorat mezonlari tavsiya etilgan.
Kalit so'zlar: yosh futbolchi, tayyorgarlik davri, tezkor-kuch, portlovchi kuch, tezlanish, pliometriya, sakrash mashqlari, maxsus ish qobiliyati, yuklama, tiklanish.