BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI AXLOQIY TARBIYALASHDA SALOMATLIGINI MUSTAHKAMLASH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI JISMONIY TARBIYA DARSLARI VOSITASIDA TAKOMILLASHTIRISH
Farg‘ona davlat universiteti, katta o‘qituvchi
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalash, ularning salomatligini mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini jismoniy tarbiya darslari vositasida shakllantirish masalalari yoritilgan. Boshlang‘ich ta’lim davri bolaning jismoniy, ruhiy, ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi. Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlar, estafetalar, jamoaviy mashqlar, sport elementlari va sog‘lomlashtiruvchi mashqlardan maqsadli foydalanish orqali o‘quvchilarda intizomlilik, mas’uliyatlilik, hamkorlik, o‘zaro hurmat, halollik, irodalilik kabi axloqiy sifatlarni shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, jismoniy faollik, shaxsiy gigiyena, kun tartibi va sog‘lom turmush tarziga oid bilimlarni jismoniy tarbiya jarayoni bilan uyg‘unlashtirishning pedagogik ahamiyati asoslangan. Kalit so‘zla. Boshlang‘ich sinf, jismoniy tarbiya, axloqiy tarbiya, salomatlik, sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faollik, harakatli o‘yinlar, jismoniy rivojlanish, sog‘lomlashtirish, pedagogik yondashuv.