VOLEYBOLCHI QIZLARNING TRENIROVKA JARAYONIDA SAKROVCHANLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi
Annotatsiya
Ushbu maqolada voleybolchi qizlarning trenirovka jarayonida sakrovchanlik qobiliyatini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari, samarali vositalari va mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi yoritilgan. Voleybolda hujum zarbasi, to‘siq qo‘yish, qisqa muddatli tezkor harakatlanish va yuqori nuqtada to‘pga ta’sir ko‘rsatish samaradorligi ko‘p jihatdan sportchining sakrash qobiliyatiga bog‘liq. Tadqiqotda sakrovchanlikni rivojlantirishda plyometrik mashqlar, kuch-tezlik mashqlari, bir oyoqli va ikki oyoqli sakrashlar, balandlikka sakrash, sakrab tushish va qayta sakrash, arqon bilan mashqlar hamda voleybolga xos hujum va to‘siq qo‘yish harakatlarini uyg‘unlashtirish metodikasi taklif etilgan. Mashg‘ulot yuklamasini individuallashtirish, mashqlar hajmi va shiddatini bosqichma-bosqich oshirish, tiklanish oralig‘ini to‘g‘ri belgilash hamda texnik bajarilish sifatini nazorat qilish asosiy metodik tamoyillar sifatida ko‘rsatilgan.
Kalit so'zlar: voleybol, voleybolchi qizlar, sakrovchanlik, vertikal sakrash, plyometrik mashqlar, kuch-tezlik qobiliyati, sakrash balandligi, hujum zarbasi, to‘siq qo‘yish, trenirovka.