ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari: Modernizatsiya va raqamlashtirish mexanizmlari

VOLEYBOLCHI QIZLARNING MUSOBAQA JARAYONIDA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Po‘latova, Shahnoza Ikrom qizi

Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi

2026-10-22 · pp. 119–122

Annotatsiya

Ushbu maqolada voleybolchi qizlarning musobaqa jarayonida psixologik tayyorgarlik qobiliyatini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari yoritilgan. Voleybol musobaqasi sharoitida sportchidan nafaqat yuqori darajadagi jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlik, balki emotsional barqarorlik, diqqatni boshqarish, tezkor qaror qabul qilish, o‘ziga ishonch, stressga chidamlilik va musobaqaviy vaziyatlarda psixologik holatni nazorat qilish qobiliyati ham talab etiladi. Tadqiqotda ilmiy-metodik adabiyotlarni tahlil qilish, pedagogik kuzatuv, psixologik nazorat, suhbat, testlash va pedagogik tajriba metodlaridan foydalanish asosida psixologik tayyorgarlik metodikasi ishlab chiqildi. Metodika startoldi psixologik tayyorgarlik, nafas olish va bo‘shashtirish mashqlari, vizualizatsiya, ijobiy o‘z-o‘ziga murojaat, diqqatni boshqarish, musobaqaviy vaziyatlarni modellashtirish va musobaqadan keyingi psixologik tahlil kabi vositalarni o‘z ichiga oladi.

Kalit so'zlar: voleybol, voleybolchi qizlar, psixologik tayyorgarlik, musobaqa, emotsional barqarorlik, diqqat, stress, o‘ziga ishonch, startoldi holati, psixologik boshqaruv, vizualizatsiya, psixologik nazorat.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi