JISMONIY TARBIYA MASHG‘ULOTLARI ORQALI TALABALARDA HAMKORIKDA ISHLASH KО‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi
Annotatsiya
Mazkur maqolada jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari orqali talabalarda hamkorlikda ishlash ko‘nikmasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari va metodik yondashuvlari yoritiladi. Jamoaviy sport o‘yinlari, juftlikda va kichik guruhlarda bajariladigan mashqlar hamda hamkorlikka asoslangan harakatli o‘yinlarning talabalar o‘rtasida samarali muloqot, o‘zaro yordam, mas’uliyat va birgalikda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Mashg‘ulotlarda umumiy maqsadni belgilash, vazifalarni taqsimlash, harakatlarni muvofiqlashtirish va guruh faoliyatini birgalikda baholashga qaratilgan metodik usullar bayon etiladi. Talabalarning individual xususiyatlari va jismoniy tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda hamkorlikdagi faoliyatni bosqichma-bosqich tashkil etishga e’tibor qaratiladi. Hamkorlik ko‘nikmasining rivojlanishini baholashda faol ishtirok, o‘zaro qo‘llab- quvvatlash, topshiriqlarni kelishilgan holda bajarish va jamoaviy natijaga hissa qo‘shish mezonlari tavsiya etiladi.
Kalit so'zlar: jismoniy tarbiya, talabalar, hamkorlikda ishlash, jamoaviy faoliyat, hamkorlikda o‘qitish, sport o‘yinlari, guruhli mashqlar, muloqot ko‘nikmalari, o‘zaro yordam, jamoaviy mas’uliyat, interfaol metodlar, baholash mezonlari.