VOLEYBOLCHI TALABA QIZLARNI RESPUBLIKA BOSQICHI MUSOBAQALARIDA O‘YIN CHIDAMKORLIGINI RIVOJLANTIRISH
Farg‘ona davlat universiteti, o‘qituvchi
Farg‘ona davlat universiteti, talaba
Annotatsiya
Ushbu maqolada voleybolchi talaba qizlarning respublika bosqichi musobaqalari uchun o‘yin chidamkorligini rivojlantirishning ilmiy asoslari tahlil qilindi. O‘yin chidamkorligi takroriy jadal harakatlarni bajarish, ular orasida tiklanish hamda o‘yin davomida texnik-taktik faoliyat sifatini saqlash qobiliyati sifatida talqin etildi. Tadqiqot maqsadi intervalli mashqlar, plyometrik tayyorgarlik, kichik tarkibli o‘yinlar va ampluaga mos yuklama nazoratining imkoniyatlarini empirik manbalar asosida baholashdan iborat.
Kalit so'zlar: Talaba qizlar, voleybol, o‘yin chidamkorligi, maxsus chidamkorlik, takroriy sprint, intervalli mashg‘ulot, plyometrik mashqlar, o‘yin ampluasi, yuklama monitoringi, texnik samaradorlik.