SPORT MASHG‘ULOTLARIDA JISMONIY YUKLAMA VA TIKLANISH JARAYONINI BOSHQARISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI
Farg‘ona shahar 2-sonli texnikum, o‘qituvchi
Annotatsiya
Mazkur maqolada sport mashg‘ulotlari jarayonida jismoniy yuklama va tiklanish jarayonining o‘zaro bog‘liqligi, ularning sportchilar jismoniy tayyorgarligi hamda sport natijalariga ta’siri ilmiy-metodik jihatdan yoritilgan. Jismoniy yuklamaning hajmi, shiddati va davomiyligini sportchining individual xususiyatlariga muvofiq belgilash, mashg‘ulotlar oralig‘ida yetarli dam olishni tashkil etish hamda organizmning funksional holatini muntazam nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, tiklanish jarayonida uyqu, to‘g‘ri ovqatlanish, suyuqlik iste’moli va faol dam olishning ahamiyati tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: sport mashg‘uloti, jismoniy yuklama, tiklanish jarayoni, sportchi organizmi, jismoniy tayyorgarlik, charchash, ish qobiliyati, dam olish, funksional holat, mashg‘ulot samaradorligi.