ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari: Modernizatsiya va raqamlashtirish mexanizmlari

SPORT MASHG‘ULOTLARI JARAYONIDA MURABBIY VA SPORTCHI O‘RTASIDAGI PEDAGOGIK HAMKORLIKNI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI

Tuychiyev, Ashurali Ibragimovich; Ro‘ziyev, Elmurod Ikromjono‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti, dotsent
Farg‘ona davlat universiteti, talaba

2026-10-22 · pp. 77–81

Annotatsiya

Mazkur maqolada sport mashg‘ulotlari jarayonida murabbiy va sportchi o‘rtasidagi pedagogik hamkorlikning ahamiyati, uning sportchining jismoniy, psixologik va ma’naviy rivojlanishiga ta’siri yoritilgan. Murabbiy va sportchi o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, samarali muloqot, individual yondashuv hamda rag‘batlantirishning mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, sportchining individual xususiyatlarini hisobga olish, mashg‘ulot jarayonida yuzaga keladigan muammolarni birgalikda hal etish va sport natijalarini yaxshilashda pedagogik hamkorlikdan foydalanish masalalariga e’tibor qaratilgan. Maqolada murabbiylik faoliyatini takomillashtirish, sportchilarda mustaqil fikrlash, intizom, mas’uliyat va maqsad sari intilish sifatlarini shakllantirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: sport mashg‘ulotlari, murabbiy, sportchi, pedagogik hamkorlik, o‘zaro ishonch, muloqot, motivatsiya, individual yondashuv, sport mahorati, mashg‘ulot samaradorligi.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi