TALABA-YOSHLARNING BO‘SH VAQTINI MAZMUNLI TASHKIL ETISHDA SPORT VA JISMONIY FAOLLIKNING O‘RNI
Farg‘ona davlat universiteti, katta o‘qituvchi
Farg‘ona shahar 2-sonli texnikum, o‘qituvchi
Annotatsiya
Maqolada talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishning pedagogik jihatlari, jismoniy faollikning salomatlik va psixologik holatga ta’siri, sport mashg‘ulotlarining ijtimoiy faollikni rivojlantirishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida talabalar qiziqishi va jismoniy imkoniyatlarini hisobga olgan holda sport to‘garaklari, musobaqalar, sog‘lomlashtirish tadbirlari va faol dam olish shakllarini tashkil etish masalalariga e’tibor qaratilgan. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar va raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali talabalarning jismoniy faolligini muntazam monitoring qilish hamda individual tavsiyalar berish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.
Kalit so'zlar: talaba-yoshlar, bo‘sh vaqt, sport, jismoniy faollik, sog‘lom turmush tarzi, ommaviy sport, harakatli o‘yinlar, faol dam olish, jismoniy madaniyat, pedagogik yondashuv.