ilmiy@fdu.uz Fargʻona, Oʻzbekiston

Yangi O‘zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasini innovatsion rivojlantirishning dolzarb muammolari: Modernizatsiya va raqamlashtirish mexanizmlari

JISMONIY TARBIYA MASHG`ULOTLARIDA NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGINI TA’MINLASHNING INNOVATSION YONDASHUVLARI

Yusupov, Toirjon Tulanovich

Farg‘ona davlat universiteti, katta o‘qituvchi

2026-10-22 · pp. 68–72

Annotatsiya

Mazkur maqolada jismoniy tarbiya mashg`ulotida nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar uyg‘unligini ta’minlashning zamonaviy pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada jismoniy tarbiya mashg`ulotida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish, fanlararo integratsiyani yo‘lga qo‘yish, muammoli ta’lim, loyiha asosida o‘qitish, amaliy vaziyatlarni tahlil qilish, video va raqamli texnologiyalardan foydalanish kabi yondashuvlarning imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar jarayonida mustahkamlash, sport mashqlarini to‘g‘ri tashkil etish, mashg‘ulot jarayonini rejalashtirish, yuklamalarni nazorat qilish va natijalarni baholash orqali ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: Jismoniy tarbiya, sport ta’limi, nazariya va amaliyot, innovatsion yondashuv, pedagogik texnologiya, amaliy ko‘nikma, kasbiy kompetensiya, raqamli texnologiyalar, fanlararo integratsiya, muammoli ta’lim, loyiha asosida o‘qitish, talaba, ta’lim samaradorligi.

To'liq matn (PDF)

Havola nusxalandi